Kon-geologiya vaziri “Kalyon Holding” kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv oʻtkazdi

16:46 14 Dekabr 2023 Jamiyat
380 0

Oʻzbekiston Respublikasi Togʻ-kon sanoati va geologiya vaziri B. Islamov Turkiyaning “Kalyon Holding” kompaniyasi boshqaruv kengashi raisining birinchi oʻrinbosari L. Elvan boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashdi.

Uchrashuvda oʻzbek-turk munosabatlarining keng qamrovli strategik sheriklik darajasida ekanligi alohida qayd etildi hamda kon-geologiya sohasi tarmoqlariga xorijiy investitsiyalarni jalb etish masalalari muhokama etildi.

“Kalyon Holding” kompaniyasi 1974-yilda tashkil etilgan. Hozirda qurilish, energetika va elektrotexnika sanoati kabi sohalarda faoliyat olib boradi.

Qatar, Rossiya, Liviya, BAA, Saudiya Arabistoni va Iroq kabi davlatlarda infratuzilma bilan bogʻliq loyihalarni amalga oshirgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер