Kompleans nazorat: korrupsiyaga qarshi kurash mavzusida oʻquv kursi tashkil qilindi

07:14 05 Dekabr 2023 Jamiyat
556 0

Adliya vazirligi qoshidagi Yuristlar malakasini oshirish markazida “Korrupsiyaga qarshi kurashish va komplaens nazorat” oʻquv kursi tashkil etildi. Unda Ekologiya vazirligi markaziy apparati, vazirlik huzuridagi Oʻrmon xoʻjaligi agentligi, Gidrometeorologiya xizmati agentligi hamda vazirlik va hududiy boʻlinmalar xodimlari ishtirok etdi. 

Kursdan maqsad davlat organlari va tashkilotlari xodimlariga tizimda korrupsiyaga qarshi kurashda nazariy bilimlar berishdir. 

Kurs davomida korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi davlat siyosatining asosiy yoʻnalishlari, xalqaro hujjatlar va tajriba, korrupsiyaviy huquqbuzarliklar uchun javobgarlik, korrupsiyaga qarshi “komplaens-nazorat” tizimining kelib chiqishi, uning elementlari va asosiy yoʻnalishlariga alohida toʻxtalib oʻtildi. 

Maʼlumot uchun, korrupsiyaga qarshi komplaens nazorati – davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, xoʻjalik yurituvchi subyektlar faoliyatini korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi xalqaro standartlar, qonun va boshqa meʼyoriy huquqiy hujjatlarga muvofiq tashkil etuvchi, korrupsiya xavf-xatarlari, manfaatlar toʻqnashuvini oʻz vaqtida aniqlash va chek qoʻyish, qonun buzilishi va korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar haqida xabar berishni oʻzida mujassam etgan profilaktik tizimdir.

Shuningdek, xodimlarning odob-axloq qoidalari va ularga rioya qilmaslik uchun javobgarlik, manfaatlar toʻqnashuvi tushunchasi va uni hal qilish choralari hamda boshqa mavzularga ham eʼtibor qaratildi.

Oʻquv kursi yakunida tinglovchilarga maxsus sertifikatlar topshirildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер