Koʻmir sotib olish uchun ajratilgan mablagʻlarni talon-toroj qilgan MCHJ rahbari aniqlandi
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Xoʻjayli tuman boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “S.g.” MCHJ masʼul shaxslari 2023-2024-yilgi kuz-qish mavsumida 18 ta taʼlim tashkiloti va 1 ta oilaviy poliklinikaga koʻmir sotib olish uchun ajratilgan 1,1 mlrd soʻmning 187,5 mln soʻmini boshqa maqsadlarda sarflaganligi, shuningdek “T.B.” MCHJ goʻyoki 1 017 tonna koʻmir yetkazib berganligi toʻgʻrisida soxta hujjatlarni rasmiylashtirib 931,5 mln soʻmni oʻzlashtirish yoʻli bilan talon-taroj qilganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (oʻzlashtirish yoki rastrata yoʻli bilan talon-toroj qilish) va 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring