Kolumbiya terma jamoasi Fransiyaga magʻlub boʻldi

10:31 30 Mart 2026 Sport
319 0

Kecha, 29-mart kuni FIFA kunlaridan unumli foydalanayotgan terma jamoalar oʻrtoqlik oʻyinlarini davom ettirishdi. Kun doirasidan oʻrin olgan bahsda Oʻzbekiston milliy terma jamoasining Jahon chempionatidagi raqibi Kolumbiya terma jamoasi Amerika Qoʻshma Shtatlarida Fransiya terma jamoasiga qarshi oʻrtoqlik oʻyini oʻtkazdi.

Uchrashuv hisobi 29 daqiqada Fransiya terma jamoasi tomonidan ochildi. Dastlabki golga PSJ hujumchisi Dezire Due mualliflik qildi. 41 daqiqada Markus Tyuram hisobni 2:0 koʻrinishiga keltirdi. Birinchi boʻlim shu hisob bilan yakunlandi.

56 daqiqada Dezire Due oʻyindagi ikkinchi golini kiritdi. 77 daqiqada Kolumbiya terma jamoasi hisobni qisqartirdi. Golga Jaminton Kampaz mualliflik qildi.

Maʼlumot uchun, Jahon chempionatining birinchi turidan oʻrin olgan Kolumbiya — Oʻzbekiston oʻyini 18-iyun kuni boʻlib oʻtadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер