Koʻklam yumushlari boshlandi

15:39 01 Mart 2023 Jamiyat
598 0

Foto: Xalq so‘zi

Koʻklamning ilk kunidan yurtimiz qishloq xoʻjaligi xodimlari tomonidan kuzgi boshoqli ekinlarni oziqlantirish va sugʻorish ishlari boshlab yuborildi.

— Yuz gektar maydonda bugʻdoy parvarishlamoqdamiz, — deydi Izboskan tumanidagi «Choʻngbogʻish» fermer xoʻjaligi rahbari Ulugʻbek Oxunov.  — Birinchi sugʻorish amaliyoti sifatli oʻtdi. «Norin-Qoradaryo» irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi tomonidan gidrouchastka va gidropostlar mavsumga tayyor holga keltirilgani, ichki suv yoʻllarining ertaroq tozalangani uchun birinchi sugʻorish amaliyoti qiyinchiliksiz oʻtdi.

Aytish joiz, «Norin-Qoradaryo» irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi xodimlari kuz-qish davomida gidrouchastka va gidropostlarni bahorgi mavsumga tayyorlash ishlarini bir kun boʻlsa ham susaytirmadi.

— Hozirga qadar 120 ta gidropost joriy va kapital taʼmirdan chiqarildi, — deydi Izboskan tuman irrigatsiya boʻlimi boshligʻi oʻrinbosari Abdullatif Yusupov. — Ichki tarmoqlarni tiklash va taʼmirlash boʻyicha 9,9 kilometrlik masofadagi ariqlar mavsumga shay holatga keltirildi.

Sugʻorish tarmoqlarining soz holatda boʻlishi dehqon-mirishkorlarning ekin-tikin ishlarini sifatli amalga oshirishida muhim omil boʻlmoqda.

Saminjon HUSANOV, «Xalq soʻzi».

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер