Koʻkdala dalalarida tarvuz pishdi
Foto: Illustrativ foto
Qashqadaryo viloyatining Koʻkdala tumanida tarvuz pishdi. Bu mamlakatimiz dalalarida issiqxonalarsiz yetishtirilgan eng birinchi tarvuzlardan hisoblanadi.
Koʻkdala tumani yurtimizdagi eng koʻp tarvuz yetishtiriladigan hududlaridan biri hisoblanadi. 2024-yilning bahori salqin kelganligi sababli ushbu poliz ekinining pishishi biroz kechikdi. Yil issiq kelgan davrlarda tarvuzlar may oyi boshlarida xalqimizga taqdim etilar edi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring