Koʻchat ekish — xayrli amal
Foto: Халқ сўзи
Yurtimizda “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida koʻchat ekish ishlarida avtomobil yoʻllari chetlarini ham koʻkalamzorlashtirish va ularni arxitektura-landshaft jihatdan zamon talablari asosida yaxshilash chora-tadbirlariga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Oʻzbekiston Respublikasi Avtomobil yoʻllari davlat qoʻmitasi tasarrufidagi “Andijon yoʻl koʻklam” unitar korxonasi jamoasi, aytish mumkinki, bu borada chindan ham gʻayrat koʻrsatyapti.

— Paxtaobod tumanidagi Ozod massividan korxonamiz uchun 20 gektar yer maydoni ajratilgan, — deydi “Andijon yoʻl koʻklam” UK direktori Hikmatillo Toʻychiyev. — Hozirda bu yerda 172 ming 455 tup manzarali daraxt va buta koʻchatlari yetishtirilmoqda.

Andijon viloyatida 2 ming 463 km umumiy foydalanishdagi yoʻllar mavjud boʻlib, korxona tomonidan 2018-yildan buyon bu yoʻllar chetlariga 122 ming 371 tup nihollar oʻtqazildi. Ostonada turgan joriy bahor mavsumida yana ekish uchun 25 turdagi 82 ming tupdan ortiq manzarali daraxt koʻchatlari tayyorlab qoʻyilgan.
Saminjon HUSANOV, “Xalq soʻzi”.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring