Kobulda universitetga hujum qilindi. Jarohatlanganlar bor
Kobuldagi universitetga qilingan hujum natijasida kamida toʻrt kishi jarohat oldi. Bu haqda Afgʻoniston Sogʻliqni saqlash vazirligi maʼlum qildi.
Vazirlik maʼlumotlariga qaraganda, yaradorlar orasida oʻqituvchilar va talabalar bor.
Avvalroq, bir necha qurollangan shaxslarning universitetga bostirib kirishganligi, keyinroq portlash va otishma ovozlari eshitilganligi haqida xabar berilgan edi. Voqea joyiga politsiya va maxsus kuchlar yetib borgan.
Mahalliy ommaviy axborot vositalarining xabarlariga koʻra, “Tolibon” sodir boʻlgan voqeaga aloqadorligini rad etmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring