Kobul aeroportida barcha reyslar toʻxtatildi
Foto: Reuters
Afgʻoniston poytaxti Kobul aeroportida barcha reyslar toʻxtatildi. Bu haqda mamlakat fuqaro aviatsiyasi maʼmuriyati tomonidan maʼlum qilindi.
«Hamid Karzay xalqaro aeroportidagi barcha reyslar keyingi ogohlantirishga qadar toʻxtatildi. Mamlakatning turli hududlariga, shuningdek, chet ellarga uchishni istagan yoʻlovchilarga reyslar tiklanishi haqida oldindan xabar beriladi», deyiladi xabarda.
Izohlanishicha, havo portida tartibsizliklarning oldini olish uchun shunday choralar koʻrilgan.
Manbada aytilishicha, Kobul aeroportida ichki va xalqaro reyslarning imkon qadar tezroq tiklanishi uchun faol ish olib borilmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring