Kitob, kredit emas!(mi)?

12:38 24 Oktyabr 2019 Jamiyat
1238 0

Illyustrativ foto

Devorga osilgan miltiq ham bir kunmas - bir kun, baribir otadi, deyishadi. Alal - qissa javondagi kitob ham kuni kelib oʻqilishi tayin.

Bugun yoshlarimizning mutolaadan yiroqlashgani bor gap. Oʻzaro suhbatlar ham qaysidir asar xususida emas, balki ijtimoiy tarmoqlardagi “shov-shuv”lar atrofida jonlanadi.

Ehtimol oʻtkinchidir. Aks holda kimsan Muhammad Saloh(“Liverpul” hujumchisi) ijtimoiy tarmoqlarning qizigʻi yoʻq, vaqt topsam mutolaa qilaman, demasdi. Qolaversa, uoʻz hamyurtlariga ham kitob sovgʻa qilishni xush koʻrarkan.

Uchquduqda Salohning muxlislari “Milliybank”ning tuman filiali mutasaddilari 18- umumtaʼlim maktabiga XX asr oʻzbek adabiyoti toʻplamidan oʻrin olgan bebaho xazinani tuhfa etishdi.

Kitoblar shu kuniyoq qoʻlma-qoʻl boʻlib ketganini inobatga olsak, buni kelajakka yoʻnaltirilgan, foizsiz sarmoya deyish mumkin.

Temur ESHBOYEV,
(“Xalq soʻzi”).

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер