Kitobxonlikni keng targʻib qilish maqsadida

14:59 06 Aprel 2019 Jamiyat
2893 0

Davlatimiz rahbari tomonidan 2019 yilning 19 mart kuni oʻtkazilgan yigʻilishda mamlakatimiz yoshlarini keng tafakkurli, bilimli va barkamol qilib tarbiyalash, maʼnaviyatini yuksaltirish, aholi, ayniqsa yoshlar oʻrtasida kitobxonlikni keng targʻib qilish boʻyicha dolzarb vazifalar belgilandi.

Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan kitob sovgʻa qilish tashabbusini qoʻllab-quvvatlagan holda Oʻzbekiston Respublikasi Fuqaro muhofazasi instituti boshligʻi Qobil Berdiyev Toshkent shahar Mirzo Ulugʻbek tumani Xalq taʼlimi boshqarmasiga qarashli 209-sonli hamda 308-sonli umumtaʼlim maktablariga adabiyotlar toʻplamlarini tuhfa etdi.

Maktab oʻquvchilari bilan boʻlgan suhbatda institut rahbari Vatanga boʻlgan sadoqat, oilaga boʻlgan mehr-muhabbat, harbiy vatanparvarlik tuygʻularini yuksaltirish borasida nutq soʻzlab, oʻquvchilar bilan doʻstona suhbat qurdi. Qizgʻin kechgan davra suhbatlari davomida maktab oʻquvchilari oʻzlarini qiziqtirgan savollariga atroflicha javoblar olishdi.

Oʻtkazilgan tadbirlarda taʼlim maskanlarining kutubxonalari oʻzbek va jahon adabiyoti durdonalari, bolalar adabiyoti hamda buyuk tariximiz namoyondalarining hayoti va ijodi haqida soʻzlovchi jami 200dan ortiq eng sara badiiy adabiyotlar bilan boyidi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер