Kitob tumanida biologik faol qoʻshimchalar ishlab chiqarilmoqda
Foto: Xalq soʻzi
Soʻnggi yillarda Kitob tumanida qurilish materiallari, tikuv-trikotaj, oziq-ovqat sanoati mahsulotlaridan tortib, dori-darmon ishlab chiqarishgacha boʻlgan yoʻnalishlarda koʻplab loyihalar amalga oshirilmoqda.

Hududda faoliyat yuritayotgan “Kifti-ob dori-darmon” masʼuliyati cheklangan jamiyatining dori vositalari ishlab chiqarish loyihasi ham ulardan biri hisoblanadi.

— Korxonamiz faoliyat boshlaganiga koʻp boʻlmadi, — deydi korxona rahbari Sardor Bobomurodov. — Bu yerda zamonaviy texnologiyalar asosida bir necha turdagi dori hamda biologik faol qoʻshimchalarni ishlab chiqarish imkoniyati mavjud. Ayni paytda 10 turdagi biologik faol qoʻshimchalar ishlab chiqarishni oʻzlashtirdik. Mahsulot asosan ichki bozorga yetkazib berilmoqda, shuningdek, qoʻshni davlatlarga ham eksportni yoʻlga qoʻyish boʻyicha ishlar olib borilyapti.
Tadbirkorning qoʻshimcha qilishicha, kelgusida korxonada ishlab chiqarilayotgan mahsulot turini koʻpaytirish, quvvatni yanada oshirish koʻzda tutilgan.
Jahongir BOYMURODOV, “Xalq soʻzi”.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring