Kimlar 60 kvadrat metr doirasida mol-mulk soligʻidan ozod qilingan?
Quyidagilar 60 kvadrat metr doirasida jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqdan ozod qilinadi:
— 10 nafar va undan ortiq bolalari bor ota-onalar (fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organining bolalar borligini tasdiqlovchi maʼlumotnomasi asosida);
— pensionerlar (pensiya guvohnomasi asosida);
— I va II guruh nogironligi boʻlgan shaxslar (pensiya guvohnomasi yoki tibbiy-mehnat ekspert komissiyasi maʼlumotnomasi asosida).
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring