Kiyimlar ostiga yashirilgan pirotexnika vositalari fosh boʻldi

14:21 26 Dekabr 2023 Jamiyat
370 0

Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish tezkor xodimlari, DXX Toshkent shahar boshqarmasi hamda IIB Yul patrul xizmati xodimlari bilan hamkorlikda,Toshkent viloyati, Ohangaron tumani hududida tezkor tadbir oʻtkazildi.

Tadbir davomida Ohangaron tumanida “Fargʻona-Ohangaron” yoʻnalishi boʻylab harakatlanib kelayotgan fuqaro boshqaruvidagi boʻlgan, “Mercedes Benz Sprinter” rusumli avtotransport vositasi toʻxtatilib xolislar ishtirokida koʻzdan kechirilganida, avtoulov yuk xonasida, xufiyona tarzda kiyim-kechaklar ostiga yashirilgan fuqaro Qayumovaga tegishli boʻlgan, dastlabki hisob-kitoblarga koʻra qiymati 200 mln. soʻm boʻlgan jami 174 108 dona pirotexnika vositalari borligi aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida olindi.

Hozirda holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер