"KIHE — 2022» xalqaro koʻrgazmasida Oʻzbekiston delegatsiyasi ham ishtirok etmoqda
Foto: Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi Axborot xizmati
Qozogʻistoning Olmaota shahridagi «Atakent» koʻrgazma markazida “27-Qozogʻiston xalqaro sogʻliqni saqlash koʻrgazmasi – KIHE 2022”ning birinchi ish kuni boshlandi.
Unda Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi direktorining birinchi oʻrinbosari Ulugʻbek Egamov boshchiligida Oʻzbekiston delegatsiyasi ham ishtirok etmoqda. Mazkur delegatsiya tarkibidan yurtimizda faoliyat yuritayotgan 15 ga yaqin mahalliy ishlab chiqaruvchi farmatsevtika kompaniyalarining vakillari hamda Agentlik mutaxassislari oʻrin egallagan.
Eksportni ragʻbatlantirish agentligi va Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi tashabbusi bilan koʻrgazmaga tashrif buyurgan mahalliy ishlab chiqaruvchilarimiz 3 kun davomida “Made in Uzbekistan” brendi ostida oʻz mahsulotlarini namoyish qilishadi.
Aytish joiz, Mamlakatimiz ishlab chiqaruvchilari tomonidan 2021-yil davomida Qozogʻistonga 7,6 mln. dollarlik dori vositalari va tibbiy buyumlar eksport qilingan.
Koʻrgazmada Oʻzbekistondan tashqari Buyuk Britaniya, Germaniya, Rossiya, Xitoy, Polsha, Chexiya, Bolgariya va Belarus kabi davlatlarning 170 dan ortiq kompaniyalari oʻz mahsulotlarini namoyish qilmoqda.
Shuningdek, tadbir doirasida tibbiyot sohasi vakillari uchun konferensiyalar, seminarlar va mahorat darslari ham oʻtkazilishi rejalashtirilgan.
Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi Axborot xizmati
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring