Kichkintoylarni uyda yolg‘iz qoldirmang!
Kecha ertalab To‘raqo‘rg‘on tuman favqulodda vaziyatlar bo‘limiga shoshilinch kirib kelgan fuqaro to‘rtinchi qavatda yashaydigan qo‘shnisining uch yoshli qizalog‘i eshigi qulflanib qolgan xonadon ichida yolg‘iz qolgani haqida xabar berdi. FVB xizmatchilari voqea joyiga zudlik bilan yetib borishdi va maxsus narvon yordamida yuqori qavatga ko‘tarilib, kichkintoyni onasiga topshirdilar.
- Tashvishli paytda jonimizga oro kirgan qutqaruvchilarga ming rahmat, -deydi To‘raqo‘rg‘on shahri Turkiston mahallasida yashovchi Shahzoda Mamajonova. – Ikki soat atrofida qulflog‘lik uyda qo‘rquvdan yig‘lab o‘tirgan qizchamni sog‘-omon qo‘limga tutqazishdi. Bu voqea menga saboq bo‘ldi. Shu o‘rinda ota-onalarga aytmoqchiman, yosh bolalarni uyda yolg‘iz qoldirib, ular hayotini xavfga, o‘zingizni tashvishga qo‘ymang.
Q. NAJMIDDINOV. “Xalq so‘zi”.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring