“Kichik Chimyon togʻi”da yongʻin sodir boʻldi

10:13 11 Iyul 2025 Jamiyat
360 0

Ijtimoiy tarmoqlarda Boʻstonliq tumani “Burchimulla oʻrmon xoʻjaligi”ga qarashli “Kichik Chimyon togʻi”da yongʻin sodir boʻlgani haqidagi xabarlar tarqaldi. Mazkur holat yuzasidan Favqulodda vaziyatlar vazirligi maʼlumot berdi.

Unda aytilishicha, kecha, 10-iyun kuni soat 19:32 da Toshkent viloyati, Boʻstonliq tumani “Burchimulla oʻrmon xoʻjaligi”ga qarashli “Kichik Chimyon togʻi”da quruq oʻt va shox-shabbalar yonib ketgan. Ushbu holat yuzasidan Toshkent viloyati FVBga amaliy yordam zarurligi toʻgʻrisida murojaat kelib tushgan.

Murojaatga asosan, yongʻin-qutqaruv ekipajlari voqea joyiga soat 19:38 da yetib borib, soat 19:55 da yongʻin oʻrab olingan va soat 20:25 da toʻliq oʻchirilgan.

Vazirlik bergan maʼlumotlarga koʻra, yongʻin oqibatida dam olish maskanlari va aholi yashash xonadonlariga zarar yetmagan.

“Hozirda yongʻin sababi va zarari aniqlanmoqda. Holat oqibatida tan jarohati olganlar yoʻq” — deyiladi FVV xabarida.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер