Xususiy maktablarga 1-sinfga borgan bolaning ota-onasiga bir yil davomida maktab uchun oylik to‘lovining 450 ming so‘mi kompensasiya qilib beriladi
Buxorolik saylovchilar bilan uchrashuvda prezidentlikka nomzod Shavkat Mirziyoyev xususiy ta’limni rivojlantirishga oid rejalar haqida ma’lumot berdi.
“Xususiy maktablarga 1-sinfga borgan bolaning ota-onasiga bir yil davomida maktab uchun oylik to‘lovining 450 ming so‘mi kompensasiya qilib beriladi.
Tadbirkorlarga xususiy maktab tashkil etish uchun olinadigan kreditning 14 foizdan ortgan qismi qoplab beriladi.
Xususiy maktablarda muallimlar uchun talablar davlat maktablari bilan bir xil bo‘ladi. Shu orqali, maktablarda o‘quvchilar soni 35 nafardan ko‘p bo‘lgan birorta sinf qolmaydi (hozir 37 mingta bunday sinf bor).
Umuman, hozirgi vaqtda xususiy maktablarda mavjud 85 ming o‘quvchi o‘rnini 2030 yilga qadar kamida 400 mingtaga yetkazish bo‘yicha barcha sharoitlarni yaratib beramiz”, – dedi nomzod.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring