Xorijiy hamkorlar bilan 2026-yilgacha taʼlim sohasini isloh qilish boʻyicha yoʻl xaritasi imzoladi
Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Taʼlim boʻyicha global hamkorlik (GPE), UNICEF hamda milliy va xalqaro hamkorlar ishtirokida 2023-2026-yillarda taʼlim sohasini isloh qilish boʻyicha Yoʻl xaritasi yuzasidan davra suhbati boʻlib oʻtdi.
Unda vazir Hilola Umarova, UNESCO tashkilotining Toshkentdagi vakolatxonasi rahbari Sara Noshadi, UNICEF tashkilotining Oʻzbekistondagi vakolatxonasi rahbari Munir Mammedzade hamda xalqaro va mahalliy hamkorlar ishtirok etishdi.
Mazkur Yoʻl xaritasi doirasida quyidagi yoʻnalishlarda birgalikda ish olib borish koʻzda tutilmoqda:
— oʻqituvchilar malakasini oshirish,
— oʻquvchilar bilimini adolatli baholash tizimini joriy etish,
— maktablarning moddiy texnik bazasini mustahkamlash,
— zamonaviy darsliklar ishlab chiqish va joriy etish,
— taʼlimda boshqaruv tizimini takomillashtirish.
Davra suhbati davomida vazirlik va xalqaro hamda mahalliy hamkorlar oʻrtasida Yoʻl xaritasini imzolandi.
Endilikda mazkur Yoʻl xaritasi 54 ta hamkor tashkilotni birlashtirib, taʼlim sektoridagi islohotlarni amalga oshirish uchun aniq dasturni taʼminlaydi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring