Xorijiy davlatlarda ilmiy daraja olganlik toʻgʻrisidagi hujjatlarni tan olish tartibi belgilandi

16:58 10 Aprel 2026 Hujjatlar
520 0

Hukumat qarori “Xorijiy davlatlarda ilmiy daraja olganlik toʻgʻrisidagi hujjatlarni tan olish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatish”ning maʼmuriy reglamenti tasdiqlandi. Bu haqida “Huquqiy axborot” Telegram-kanali maʼlum qildi.

Unda aytilishicha, xorijiy davlatlar attestatsiya organlari yoki xorijiy davlatlar qonunchiligiga muvofiq tegishli oliy taʼlim tashkilotlari tomonidan talabgorlarga berilgan ilmiy darajalar haqidagi hujjatlar vakolatli organ tomonidan ekspertizadan oʻtkazilgan holda yoki ilmiy ekspertizasiz toʻgʻridan-toʻgʻri tan olinadi va nostrifikatsiya qilinadi.

Talabgor davlat xizmatidan foydalanish uchun davlat xizmatlari markazlariga murojaat qiladi hamda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz)da roʻyxatdan oʻtadi.

Soʻrovnomaga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:

  • ilmiy daraja olganlik toʻgʻrisidagi hujjat (notarial tasdiqlangan);
  • dissertatsiyaning nusxasi.

Hujjatni tan olish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatganlik uchun talabgordan bazaviy hisoblash miqdorining 1 baravari miqdorida yigʻim undiriladi.

Shuningdek, ilmiy daraja olganlik toʻgʻrisidagi hujjatning haqiqiyligi tasdiqlangandan soʻng 20 kun ichida ilmiy ekspertizadan oʻtkaziladi. Bunda ijobiy xulosa berilganda, nostrifikatsiya qilingani toʻgʻrisidagi guvohnoma beriladi yoki salbiy xulosa beriladi.

“Davlat xizmatini koʻrsatish natijasida shakllantirilgan guvohnomalar elektron hujjatlar repozitoriysida saqlanadi”, — deyiladi xabarda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер