Xorijdan import qilingan kolbasa va sosiska mahsulotlari texnik reglament talablariga javob bermasligi aniqlandi

08:33 31 Mart 2021 Iqtisodiyot
1480 0

Isteʼmolchi mahsulot xarid qilayotganda albatta uning qadogʻidagi maʼlumotlar bilan tanishishi lozim. Belgilangan meʼyorlarga asosan mahsulot yorligʻidagi maʼlumotlar aniq va davlat tilida boʻlishi talab etiladi.  Ayniqsa oziq-ovqat mahsuloti yorligʻidagi maʼlumot isteʼmolchida shubha uygʻotsa,ushbu mahsulotni xarid qilmagan maʼqul.

«Oʻzstandart» agentligi huzuridagi departament va Oʻzbekiston isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi hamkorlikda “Oziq-ovqat mahsulotini tamgʻalash yuzasidan uning xavfsizligi toʻgʻrisida”gi umumiy texnik reglamenti talablarining bajarilishi oʻrganildi.

Poytaxtimizdagi savdo rastasida sotilayotgan “MOS PROD TORG” MCHJ tomonidan yurtimizga import qilingan Rossiya davlatida ishlab chiqarilgan «Ostankinonovыy standart» MCHJ, «Starodvorskiye kolbasы», va «Ostankinskiy myasopererabatыvayuщiy kombinat» tomonidan ishlab chiqarilgan kolbasa va sosiska mahsulotlari yorligʻida oziqlik qimmati (uglevodlar miqdori) toʻliq yoritilmaganligi, yorligʻidagi maʼlumotni oʻqish imkoniyati mavjud emasligi va markirovkasi davlat tilida boʻlmaganligi aniqlandi. Bu haqda “Oʻzstandart” agentligi matbuot xizmati xabar berdi.

“MOS PROD TORG” MCHJ nomiga muvofiqlik sertifikatini rasmiylashtirib bergan sertifikatlashtirish idorasi masʼul xodimlarga nisbatan maʼmuriy choralar koʻrildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер