Xorazmning sayyohlik salohiyati xalqaro turizm yarmarkasida eʼtirof etildi

12:05 28 Yanvar 2025 Jamiyat
265 0

Odilbek ODAMBOYEV/“Xalq soʻzi”. Xorazm viloyatining turizm, madaniyat sohasi vakillari va hunarmandlardan iborat delegatsiyasi Ispaniyaning Madrid shahrida boʻlib oʻtgan “FITUR” xalqaro turizm yarmarkasida muvaffaqiyatli ishtirok etdi. Tadbir davomida Kataloniya turizm agentligi, Yevropa sayyohlik komissiyasi, Xitoy va Yevropaning boshqa yirik sayyohlik tashkilotlari vakillari bilan uchrashib, turistlar oqimini oshirish, targʻibot tadbirlarini tashkil qilish boʻyicha kelishuvlarga erishdi.

— Butunjahon Turizm tashkiloti va boshqa xalqaro sayyohlik kompaniyalari vakillari “Oʻzbekiston” milliy stendiga tashrif buyurib, yurtimizning turizm salohiyati bilan yaqindan tanishdi, jumladan, Xorazm viloyatining bu sohadagi imkoniyatlariga yuqori baho berdi, — deydi Xorazm viloyati hokimining turizm, madaniyat, madaniy meros va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari boʻyicha oʻrinbosari Botir Saidov. — Viloyatda turizm infratuzilmasini rivojlantirish boʻyicha amalga oshirilgan yangi loyihalar, oʻtkazilayotgan xalqaro festivallar sayyohlar oqimining oshishiga imkon bermoqda.

Maʼlumot uchun, “FITUR” Madriddagi “Ifema” koʻrgazmalar markazida muntazam ravishda oʻtkaziladigan xalqaro turizm koʻrgazmasidir. Koʻrgazmada har yili turizm sohasining barcha yoʻnalishlari vakillari: turoperatorlar, sayyohlik agentliklari, mehmonxonalar, tashuvchilar, turizm boʻyicha turli kompaniyalar ishtirok etadi. Oʻzbekiston “FITUR” xalqaro koʻrgazmasida 2005-yildan beri qatnashib kelmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер