Xorazmdagi bozorda yongʻin sodir boʻldi

10:34 18 Iyun 2024 Jamiyat
396 0

Hazorasp tumanidagi bozorda yongʻin sodir boʻldi. Holat yuzasidan Xorazm viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi maʼlumot berdi.

Qayd etilishicha, 18-iyun kuni soat 02:30 da Hazorasp tumani «Bogʻdor» MFY hududida joylashgan «Hazorasp universal savdo kompleksi» AJ hududida yongʻin sodir boʻlayotgani toʻgʻrisida FVBga xabar tushgan.

Yongʻin-qutqaruvchilar soat 02:35 da voqea joyiga yetib borib, yongʻin soat 04:04 da toʻliq bartaraf qilingan. Yongʻin-qutqaruvchilarning saʼy-harakatlari natijasida yongʻin maydonini boshqa doʻkonlarga oʻtib, kengayishi va savdo kompleksi hududining 4,2 ming kvadrat metr maydoni saqlab qolingan.

«Yongʻin natijasida 300 kvadrat metr maydonda aralash turdagi mollar savdo doʻkonlari yonib zararlangan. Yongʻinning yuzaga kelish sababi hamda moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

Yongʻin natijasida tan jarohati olganlar va halok boʻlganlar yoʻq. Voqea joyiga viloyat FVB, IIB boshliqlari hamda tuman hokimi chiqqan», deyiladi xabarda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер