Xorazmda tibbiyot muassasalarining yangi binolari foydalanishga topshirildi

14:09 30 Avgust 2023 Jamiyat
390 0

Foto: “Xalq soʻzi”

Urganch shahrida Respublika ixtisoslashtirilgan Endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Xorazm filiali poliklinikasi hamda qandli diabet asoratlarini jarrohlik yoʻli bilan davolash boʻlimlarining yangi binolari oʻz faoliyatini boshladi.

— Bugungi kunda viloyatimizda qandli diabet kasalligiga chalingan bemorlar soni 28 ming nafardan ortiq, — deydi Respublika ixtisoslashtirilgan Endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Xorazm filiali rahbari Gʻayrat Gʻoipov. — Yangi binolarning foydalanishga topshirilishi hamda zamonaviy tibbiy uskunalar bilan jihozlanishi natijasida erta diagnostika va rekonstruktiv amaliyotlar orqali bemorlarda diabetning keyingi bosqichlarga oʻtib ketishining oldi olinadi. Shuningdek, kasallik asoratlari viloyatning oʻzida bitta markazda malakali mutaxassislar tomonidan tekshirilishi va davolanishi yoʻlga qoʻyiladi.

Aytish joiz, yangi bino qurilishi uchun mahalliy byudjetdan 6,3 milliard soʻm mablagʻ sarflandi.

                                                                              Odilbek ODAMBOYEV, “Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер