Xorazmda saylov fuqarolarning yuksak siyosiy faolligi bilan oʻtmoqda

18:01 09 Iyul 2023 Jamiyat
428 0

Foto: “Xalq soʻzi”

Mamlakatimiz ijtimoiy-siyosiy hayotidagi muhim voqea – muddatidan ilgari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi Xorazm viloyatida ham milliy qonunchiligimiz hamda umumeʼtirof etilgan demokratik tamoyillar asosida, fuqarolarning yuksak siyosiy faolligida oʻtmoqda.

12-Xorazm saylov okrugi hududidagi 553 ta saylov uchastkasida ovoz berish jarayonlari qizgʻin davom etmoqda. Okrug boʻyicha ovoz beruvchilarning umumiy soni 1 million 8 ming nafardan ziyod. Muddatidan oldin ovoz berish kunlarida esa joylardagi saylov uchastkalarida 11 ming 237 nafar saylovchi oʻzi tanlagan nomzodga ovoz berdi. Viloyatdagi 70 ming 382 nafar yigit-qiz saylovda birinchi marta ishtirok etdi.

Foto: “Xalq soʻzi”

— Konstitutsiyamizda belgilangan saylash huquqimdan ilk bor foydalanayapman, — deydi urganchlik Anajon Jumaboyeva. — Hayotimda yorqin iz qoldiradigan shunday muhim kunda butun oilamiz bilan erta tongdan saylov uchastkasiga oshiqdik. Muqobillik asosida koʻrsatilgan nomzodlardan biriga ovoz berish orqali oʻz qarorimizni saylov byulletenida ifodaladik. Bu yurtimiz taqdiriga daxldorligimizning amaldagi isbotidir.

Odilbek ODAMBOYEV, “Xalq soʻzi”. 

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер