Xorazmda qurilish materiallarini qimmat narxlarda xarid qilish holati aniqlandi

12:29 06 Fevral 2024 Jamiyat
175 0

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Xiva tuman boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda tuman obodonlashtirish boshqarmasi masʼul shaxslari “A.q.” xususiy korxonasi hamda “K.G.” MCHJdan qurilish materiallarini bozor bahosidan 571,8 mln soʻmga qimmat narxlarda xarid qilganliklari, shuningdek ushbu subyektlar tomonidan qurilish ishlarini amalga oshirishda rasmiy hujjatlarga soxta maʼlumotlar kiritish orqali 56,1 mln soʻm oʻzlashtirilganligi aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (oʻzlashtirish yoki rastrata yoʻli bilan talon-toroj qilish) va 209-moddasi (mansab soxtakorligi) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер