Xorazmda oʻqituvchi oʻquvchilarni ayovsiz kaltakladi
Foto: Videodan kadr
Ijtimoiy tarmoqlarda oʻqituvchi dars paytida oʻquvchilarga qoʻpol munosabatda boʻlib, ularni ayovsiz kaltaklagani tasvirlangan video tarqaldi. Mazkur holat yuzasidan Xorazm viloyat Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi rasmiy izoh berdi.
Maʼlum qilinishicha, voqea joriy yilning 23-may kuni Xorazm viloyati Tuproqqalʼa tumanidagi 6-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabida 6-sinf oʻquvchilariga geografiya fani dars mashgʻuloti oʻtkazilayotgan paytda sodir boʻlgan.
Oʻqituvchi mazkur sinfning ikki nafar oʻquvchisiga oʻzaro gaplashib oʻtirgani uchun tanbeh berib, ularga nisbatan qoʻpol munosabatda boʻlgan.
Shu voqeadan keyin oʻqituvchi oʻz xohishiga koʻra ariza yozgan va ishdan boʻshatilgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring