Xorazmda noqonuniy tarzda qum qazigan fuqaroga jarima solindi

12:43 04 Sentyabr 2023 Jamiyat
370 0

Xorazm viloyati Ekologiya boshqarmasi Yangiariq tuman boʻlimi tomonidan navbatdagi reyd tadbiri oʻtkazildi. 

Reyd davomida Bayot mahallasi hududida fuqaro S.T. foydali qazilma boʻlgan qumni noqonuniy ravishda qazib olgani aniqlandi.

Holat yuzasidan huquqbuzarga nisbatan MJtKning  70-moddasi 1-qismiga asosan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirildi. 

Holat natijasida tabiatga 2 million 70 ming soʻm zarar yetkazilganligi hisoblandi, S.T.ga esa qilmishi uchun BHMning 10 barobari — 3 million 300 ming soʻm miqdorida jarima qoʻllanildi. 

Huquqbuzar yetkazilgan zarar va jarima, yaʼni 5 million 370 ming soʻm toʻlaydigan boʻldi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер