Xorazmda mast erkak oʻgʻlini pichoqlab oʻldirdi

14:58 18 Yanvar 2022 Jamiyat
1182 0

Xorazm viloyatining Bogʻot tumanida 60 yoshli mast ota oʻgʻlini pichoqlab oʻldirdi. Bu haqda tuman hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Maʼlum boʻlishicha, ayblanuvchi avval sodir etgan jinoyatlari uchun jazoni oʻtagan. 2021-yil 8-may kuni Urganch shahrida boʻlgan yosh bolaga akasi qoʻngʻiroq qilib, otasi yana ichib, janjallashgani, mahalla raisi uni tinchitolmaganini aytadi.

Qayd etilishicha, voqea joyiga yetib kelgan kenja oʻgʻil va akasi otasini tinchlantirish uchun uyga kiritgan. Mast ota buni haqorat sifatida qabul qildi va oshxonaga kirib, pichoqni olib, toʻngʻich oʻgʻlining koʻkragiga soldi. Bola olgan ogʻir tan jarohatlari tufayli shifoxonada vafot etgan.

Voqea yuzasidan tuman sudi ayblanuvchini 10 yilga ozodlikdan mahrum qildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер