Xorazmda yoʻlovchi poyezdi va “Laсetti” toʻqnashuvi oqibatida 2 kishi halok boʻldi
Maʼlum qilinishicha, joriy yilning 3-noyabr kuni soat 17:40ʻda Xazorasp tumanidagi temir yoʻl kesishmasida ushbu tumanda yashagan 48 yoshli haydovchi “Laсetti”ni boshqarib ketayotib, temir yoʻl kesishmasidagi “STOP” yozuvli belgiga amal qilmay harakatda davom ettirgan.
Shu vaqtda oʻng tomondan yoʻlovchi tashish poyezdi yetib kelishi oqibatida “Laсetti”ni urib yuborgan.
YTH natijasida, haydovchi va avtomobilda boʻlgan 25 yoshli yoʻlovchi olgan tan jarohatlari tufayli voqea joyida vafot etgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring