Xorazmda fuqarolar tomonidan 765 million soʻmlik gaz talon-toroj qilindi

18:14 17 Fevral 2026 Jamiyat
405 0

Xorazm viloyatida tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlandi. Bu haqida “Hududgaztaʼminot” AJ xabar berdi.

Unda aytilishicha, Xorazm viloyatida gaz taʼminoti filiali komplayens nazorat tuzilmalari, shahar/tuman gaz taʼminoti boʻlimi xodimlari va Oʻzenergoinspeksiya hamkorligida tezkor tadbir oʻtkazilgan.

Aniqlanishicha, Xiva tumani “Shoʻrkoʻl” MFYda joylashgan “M.M.” oilaviy korxonasiga qarashli bino xatlovdan oʻtkazilganda, isteʼmolchi hisoblagichdan tashqari yashirin ravishda tarmoqqa ulanib, tabiiy gazdan noqonuniy foydalanib kelayotgani fosh etilgan.

Mazkur qonunbuzilish holati oqibatida 703 million 134 ming soʻmlik zarar qayta hisob-kitob qilingan.

Shu kabi yana bir holat, Urganch shahar “Gulzor” MFYda yashovchi fuqaro S.N. tomonidan ham sodir etilgan.

Unda qonunbuzar fuqaro oʻz xonadonida tegishli loyiha-texnik hujjatlarisiz oʻzboshimchalik bilan gaz tarmogʻiga ulanib olgani maʼlum boʻlgan. Ushbu holat natijasida isteʼmolchi tomonidan taʼminot korxonasiga 61 mln 998 ming soʻm zarar yetkazilgan.

Hozirda barcha holatlar boʻyicha dalolatnomalar tuzilib, hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер