Xorazmda fuqaro uyidan yuz kilogrammdan ortiq yaroqsiz goʻsht topildi

23:42 28 Oktyabr 2021 Jamiyat
1437 0

Xorazm viloyatining Urganch tumanida fuqaro uyidan kelib chiqishi nomaʼlum boʻlgan 125 kilogramm goʻsht topilib, yoʻq qilindi. Bu haqda IIV matbuot xizmati xabar berdi.

Maʼlumotlarga koʻra, 26-oktyabr kuni viloyat ichki ishlar boshqarmasi patrul-post xizmatining karantin tadbirlarini taʼminlash va jamoat tartibini muhofaza qilish boshqarmasi hamda Urganch tumani veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boʻlimi xodimlari hamkorligida tadbir oʻtkazdi. 

Urganch tumanida yashovchi fuqaroning uyi xolislar ishtirokida koʻzdan kechirilganda, kelib chiqishi nomaʼlum boʻlgan 125 kilogramm goʻsht topildi. Keyinchalik bu goʻsht mahsulotlari viloyat veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boshqarmasining oziq-ovqat xavfsizligi mikrobiologik va veterinariya-sanitariya ekspertiza laboratoriyasining xulosasiga koʻra isteʼmolga yaroqsiz deb topilib, belgilangan tartibda yoʻq qilingan.

Qayd etilishicha, mazkur holat yuzasidan fuqaroga nisbatan Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 109-moddasi (veterinariya, veterinariya-sanitariya qoidalari va normalarini buzish) bilan maʼmuriy bayonnoma tuzilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер