Xorazmda 19 ta bogʻcha foydalanishga topshirildi

12:06 02 Iyun 2020 Jamiyat
1114 0

Xorazm viloyatida 2020-yil davomida 4275 oʻrinli 39 ta davlat-xususiy sherikchiligi asosidagi nodavlat maktabgacha taʼlim tashkiloti qurilishi rejalashtirilgan boʻlib, ushbu maqsadda jami 84,7 milliard soʻm miqdorida imtiyozli bank kreditlari ajratilgan.

1-iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan viloyatda 2070 nafar kichkintoylarni qabul qilish quvvatiga ega 19 ta maktabgacha taʼlim tashkiloti binosi foydalanishga topshirildi. Zamonaviy loyihalar asosida barpo etilgan yangi muassasalarda tarbiyalanuvchilarning sogʻlom oʻsib kamolga yetishlari uchun barcha sharoitlar, jumladan sayr qilish uchun bogʻ, turli attraksionlar, suzish havzasi va boshqa qulayliklar mavjud.

Bugungi kunda viloyatda 3-7 yoshdagi bolajonlarning maktabgacha taʼlim tashkilotlariga qamrab olinishi 55 foiz boʻlsa, yil yakunigacha yana 20 ta maktabgacha taʼlim tashkiloti qurilib ishga tushirilgach bu koʻrsatkich 60 foizga yetadi.

Odilbek Odamboyev

(“Xalq soʻzi”)

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер