Xorazm viloyati hokimiga yangi oʻrinbosar tayinlandi
Duschanov Alisher Sherzod oʻgʻli – Xorazm viloyati hokimining oʻrinbosari — viloyat investitsiyalar, sanoat va savdo boshqarmasi boshligʻi lavozimiga tayinlandi. Bu haqda viloyat hokimligi axborot xizmati xabar berdi.
Maʼlumot uchun, Alisher Duschanov ushbu tayinlovga qadar Oʻzbekiston Respublikasining Pokistondagi elchixonasi savdo-iqtisodiy masalalar boʻyicha maslahatchisi lavozimida ishlab kelgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring