XXI asr psixologiyasi: muammolar, yutuqlar va innovatsiyalar

08:12 18 Mart 2024 Jamiyat
792 0

Foto: SamDU axborot xizmati

SamDUda “XXI asr psixologiyasi: muammolar, yutuqlar, innovatsiyalar” mavzusida xalqaro konferensiya oʻtkazildi. Xalqaro psixologiya fanlari akademiyasi bilan hamkorlikda oʻtkazilgan ushbu anjumanda Rossiya, Qozogʻiston, Ozarbayjon kabi davlatlardan oʻttizga yaqin nufuzli olimlar ishtirok etdi.

Xalqaro psixologiya fanlari akademiyasining 10-yilligiga bagʻishlangan ushbu tadbir universitetning xalqaro aloqalarini yanada rivojlantirish, xorijlik hamkorlar bilan bugungi kunda dolzarb boʻlgan psixologik tadqiqotlar olib borish, yuqori indekslanadigan jurnallarda maqolalar eʼlon qilish maqsadida tashkil etilgani bois, ishtirokchi olimlar uning dolzarbligi va ahamiyatini eʼtirof etishdi.

— Samarqand davlat universitetida 20-yildan buyon psixologlar tayyorlanadi. Ushbu yoʻnalish bitiruvchilari turli sohalarda — taʼlim, sogʻliqni saqlash, ichki ishlar idoralari, madaniyat, ommaviy axborot vositalari, sport va boshqa yoʻnalishlarda psixolog mutaxassis sifatida faoliyat yuritmoqda, — deydi Samarqand davlat universiteti rektori, Oʻzbekiston Respublikasi fan arbobi, Oliy Majlis Senati aʼzosi Rustam Xolmurodov. — Universitetimiz mazkur Kongress doirasida rossiyalik olimlar bilan hamkorlik toʻgʻrisida yangi memorandumlar imzolashni rejalashtirgan. Anjumanda yutuqlarimiz va psixologiyaning turli sohalarida tajriba almashishning anʼanaviy formatidan tashqari, Oʻzbekistonda psixologiya fanining rivojlanish metodologiyasi, uslubiy yondashuvlar, taniqli olimlarning ijodiy merosini oʻrganish, psixologiya fanining hozirgi holatini muhokama qilinyapti.

Tadbirda Xalqaro psixologiya fanlari akademiyasi prezidenti Vladimor Kazlov, Yaroslav davlat universiteti professori Mergalis Kashapov, qozogʻistonlik mashhur psixolog olimlar Rumiya Galimova, Nataliya Bizyayeva, Rossiyaning Taʼlim va amaliy psixologiya instituti direktori Irina Trushina, akademik Gʻayrat Shoumarov, professorlar Sharif Baratov, Manzura Usmonovalar maʼruzalari bilan qatnashdi.

Foto: SamDU axborot xizmati

Konferensiya doirasida Vladimor Kazlov Samarqand davlat universiteti rektori Rustam Xolmurodovga Xalqaro psixologiya fanlari akademiyasining Faxriy akademigi diplomini topshirdi.

Foto: SamDU axborot xizmati

 

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер