Xiva shahridagi “Allomalar” muzeyida koʻrgazma tashkil etildi
Xiva shahridagi “Allomalar” muzeyida “X-XI asrlarda Abu Rayhon Beruniy va Ibn Sinolarning tibbiyot rivojiga qoʻshgan hissasi” nomli koʻrgazma tashkil etildi.
Koʻrgazmaning ochilish tadbirida muzey xodimlari, mahalliy va xorijiy sayyohlar ishtirok etdilar.
“Allomalar” muzeyi “Ichan qalʻa” davlat muzey-qoʻriqxonasi hududidagi 1765-yilda bunyod etilgan tarixiy-meʻmoriy obida – Muhammad Amin inoq madrasasida joylashgan. Uning eksponatlari orasidan Xorazm Maʻmun akademiyasi tarixi, u yerda faoliyat koʻrsatgan buyuk allomalar hayoti va ilm-fan rivoji yoʻlidagi ilmiy merosi haqidagi nodir manbalar oʻrin olgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring