Xiva shahrida 6 yoshli bolalar oʻrtasida III velomarafon boʻlib oʻtdi

19:08 31 May 2023 Jamiyat
823 0

Bugun Xorazm viloyati Xiva shahrida 6 yoshli bolalar oʻrtasida III velomarafon tashkil etildi.

Atrof-muhitni muhofaza qilish hamda “yashil” transport turidan foydalanish sohasida barqaror koʻnikmalarni rivojlantirish maqsadida oʻtkazilgan velomarafonda 120 nafar bola ishtirok etadi. Ushbu sport harakatlari orqali maktabgacha yoshdagi bolalar oʻrtasida velosportni ommalashtirish, sogʻlom turmush tarziga oʻrganish va xulq-atvor madaniyatini oshirish, yoʻl harakati xavfsizligi qoidalariga rioya qilish targʻib qilinmoqda.

Velomarafon doirasida Xiva shahridagi 18 ta davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlariga pilot tarzida jami 500 ta begovel topshirildi.

Velomarafon Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Maktabgacha taʼlim agentligi, YXHTning Oʻzbekistondagi loyihalari koordinatori ofisi, Sportni rivojlantirish vazirligi, Velosport federatsiyasi hamkorligida tashkil etildi.

I va II velomarafonlar 2021-yil Toshkent shahrida oʻtkazilib, unda 13 ta davlat maktabgacha taʼlim tashkilotiga 400 ta begovel, 2022-yilda esa Samarqand shahrida oʻtkazilib, 20 ta davlat maktabgacha taʼlim tashkilotiga 500 ta begovel taqdim etilgan edi.

Marafon soʻnggida jajji ishtirokchilar esdalik medallari hamda sovgʻalar bilan taqdirlandi. Shuningdek, ular uchun koʻngilochar dastur, tanlov va oʻyinlar tashkil etildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер