Xitoyning Pekin shahrida “Ipak yoʻli mamlakatlari madaniyati va turizmini rivojlantirish” mavzusidagi amaliy seminar boʻlib oʻtmoqda
Seminarda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishlari vazirligi huzuridagi Turizm qoʻmitasi, qoʻmitaning Samarqand viloyati hududiy boʻlinmasi, Turizmni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot instituti hamda “Ipak yoʻli” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti vakillaridan iborat Oʻzbekiston delegatsiyasi ishtirok etmoqda.
Seminarning ochilish marosimida Xitoy Xalq Respublikasi Madaniyat va turizm vazirligi vakili Cui Yinglan xonim, Pekin xalqaro taʼlim universiteti vitse prezidenti professor Zheng Chengjun, Turizm qoʻmitasi masʼul xodimi Jahongir Matkarimov hamda Oʻzbekiston Respublikasining Xitoy Xalq Respublikasidagi Bosh konsuli Bobur Yahyoyev oʻz maʼruzalari bilan ishtirok etishdi.
Seminar joriy yilning 14-avgustiga qadar davom etadi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring