Xitoyning HICHAIN kompaniyasi Oʻzbekistonda logistika markazlarini ochadi

14:06 22 Noyabr 2023 Jamiyat
334 0

Bu haqda Transport vazirligi axborot xizmati maʼlum qildi.

Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri boshchiligidagi delegatsiyaning Xitoy Xalq Respublikasiga tashrifi doirasida Guanchjou shahrida Oʻzbekiston-Xitoy biznes-forumi boʻlib oʻtdi.

Biznes forumda Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirining birinchi oʻrinbosari Mamanbiy Omarov Xitoyning “Hichain Supply Chain” kompaniyasi prezidenti bilan uchrashuv oʻtkazdi. Uchrashuvda kompaniya bilan hamkorlikda Andijon, Navoiy va Qoraqalpogʻiston Respublikasida yangi logistika markazlarini tashkil etish bilan bogʻliq jihatlar muhokama etildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер