Xitoyning bir qator kompaniyalari Rossiya mudofaa korxonalarini qoʻllab-quvvatlagani uchun “qora roʻyxat”ga kiritildi

15:49 29 Iyun 2022 Dunyo
956 0

Foto: Reuters

AQSH hukumati Xitoyning beshta kompaniyasini Rossiya harbiy-sanoat kompleksini xalqaro sanksiyalarni aylanib oʻtib, qoʻllab-quvvatlaganlikda ayblab “qora roʻyxat”ga kiritdi. Bu haqda “Reuters” xabar bermoqda.

Qora roʻyxatni nazorat qiluvchi AQSH Savdo vazirligining maʼlum qilishicha, Xitoyning qator kompaniyalari Rossiya tashkilotlari bilan sanksiyalar ostida mahsulot yetkazib berish boʻyicha shartnomalar tuzishda davom etmoqda.

“Bu butun dunyo boʻylab biznes va jismoniy shaxslarga, agar ular Rossiyani qoʻllab-quvvatlashga intilishsa, Qoʻshma Shtatlar chora koʻrishi haqida kuchli signaldir”, deydi AQSH Savdo vaziri oʻrinbosari Alan Esteves.

Xitoyning AQSHdagi elchixonasi Pekin Rossiya yoki Ukrainaga harbiy yordam bermaganini yana bir bor maʼlum qildi. Oʻz navbatida, Xitoy diplomatlari ham oʻz kompaniyalari huquqlarini himoya qilish uchun choralar koʻrishga tayyor ekanliklarini bildirdilar. 

“Reuters” xabariga koʻra, “Connec Electronic”, “King Pai Technology”, “Sinno Electronics”, “Winninc Electronic” va “World Jetta (HK) Logistics” kompaniyalari “qora roʻyxat”dan joy olgan.

Xitoyning BMTdagi doimiy vakili Chjan Jun avvalroq NATOni Ukrainadagi inqiroz tufayli yangi sovuq urush boshlamaslikka chaqirgan edi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер