Xitoylik tadbirkorlar Paxtaobodda baliq yetishtiradi
Paxtaobod tumanidagi Oxunboboyev nomli massivda 7 gektar maydonda intensiv usulda baliq yetishtirish uchun hovuz qazish ishlari boshlab yuborildi. “Steel Claw" MCHJ tomonidan boshlangan bu xayrli ish natijasida 30 ta yangi ish oʻrni yaratiladi.
Ushbu loyihani amalga oshirish uchun xitoylik tadbirkorlar tomonidan 1,2 mln. dollar miqdorida xorijiy sarmoya kiritildi va u dekabr oyida toʻla ishga tushiriladi.
Saminjon HUSANOV,
“Xalq soʻzi” muxbiri
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring