Xitoyda it, mushuk, koʻrshapalak kabi jonzotlarni isteʼmol qilish rasman taqiqlandi

11:29 03 Noyabr 2021 Jamiyat
722 0

Koronavirus pandemiyasi insoniyatni baʼzi yomon odatlardan ham voz kechishga undamoqda. Jumladan, COVID-19 dastlab hayvonlarda mutatsiyaga uchrab, odamlarga yuqqani mutaxassislarni zarur choralar koʻrishga majbur etyapti.

Xususan, endi Xitoyda it, mushuk, koʻrshapalak kabi bir qator jonzotlarni isteʼmol qilish rasman taqiqlandi. Bu qaror Xitoy Xalq Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi tomonidan koronavirus pandemiyasiga qarshi kurash samaradorligini oshirish maqsadida qabul qilindi.

Cheklov butun mamlakat boʻylab amal qilishi, aytilyapti. It, mushuk va yenot(rakun)lar uy hayvonlari roʻyxatiga kiritilishi sababli ularni moʻynasi uchun soʻyishga ham taqiq qoʻyildi. Bu haqda SSV matbuot xizmati maʼlum qildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер