Xitoy va Vengriyadagi farmatsevtika kompaniyalari Andijonda ishlab chiqarishni tashkil qilishga katta qiziqish bildirmoqda
Prezident Shavkat Mirziyoyev Xonobod shahrida bo‘lib o‘tayotgan Andijon viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor vazifalari yuzasidan yig‘ilishda farmasevtika masalasiga ham to‘xtalib o‘tdi.
Xitoy va Vengriyadagi farmatsevtika kompaniyalari Andijonga kelib, ishlab chiqarishni tashkil qilishga katta qiziqish bildirmoqda.
Mutasaddilarga ushbu mamlakatlarning yirik kompaniyalari bilan kelishuvga erishib, murakkab tarkibli dori va tibbiy buyum ishlab chiqarish loyihalarini amalga oshirish choralarini ko‘rish topshirildi.
Joriy yildan boshlab chetdan texnolog olib kelish, dorilarni ro‘yxatdan o‘tkazish va transport xarajatlari qoplab beriladi.
Ta’limni ishlab chiqarish bilan bog‘lab, viloyatda farmasevtika klasterini tashkil qilish zarurligi qayd etildi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring