Xitoy Ukraina mojarosini hal qilish yoʻlidagi muhim qadamga ishora qildi
Foto: AP
Xitoy yetakchisi Si Szinpin va Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy oʻrtasida boʻlib oʻtgan telefon orqali muloqot mojaroni hal qilish yoʻlidagi muhim qadamdir. Bu haqda Xitoy tashqi ishlar vaziri Sin Gan aytib oʻtdi. Uning soʻzlari Xitoy tashqi ishlar vazirligi saytidagi xabarda keltirildi.
Diplomatning taʼkidlashicha, yetakchilarning muloqoti Pekinning Moskva va Kiyev oʻrtasida tinchlik muzokaralarini boshlashga qaratilgan pozitsiyasini yana bir bor koʻrsatadi.
“Inqiroz qanchalik murakkab boʻlmasin, uni muzokaralar yoʻli bilan hal qilish kerak, mojaro qanchalik murakkab boʻlmasin, uni faqat siyosiy yoʻl bilan hal qilish kerak”, deydi diplomat.
Sin Gan Xitoy Ukraina inqiroziga yechim topish uchun barcha tomonlar, jumladan, Markaziy Osiyo davlatlari bilan hamkorlikni davom ettirishga tayyorligiga qoʻshimcha qilgan.
Avvalroq, “Politico” Zelenskiy va Si Szinpin oʻrtasidagi muloqot Xitoy va Gʻarb oʻrtasidagi keskinlikni kamaytirishi mumkinligini yozgan edi. Shu bilan birga, nashrning qayd etishicha, bu Xitoy rahbarining Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan doʻstona munosabatlar boʻyicha pozitsiyasini AQSH bosimiga qarshilik koʻrsatishga oʻzgartirishi dargumon.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring