Xitoy Oʻzbekistonda loyihalarni amalga oshirish uchun grantlar ajratadi

18:19 09 Sentyabr 2023 Siyosat
699 0

Joriy yilning 8-sentabr kuni Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligida vazir oʻrinbosari Sarvar Xamidov va Oʻzbekistonda boʻlib turgan Xitoy Xalq Respublikasi delegatsiyasi rahbari Xalqaro taraqqiyot hamkorlik agentligi raisi oʻrinbosari Den Botsin oʻrtasida uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Muzokaralar chogʻida Xitoy Xalq Respublikasi hukumatining grant mablagʻlari hisobidan loyihalarning amalga oshirilishi koʻrib chiqilib, ikki tomonlama moliyaviy-texnik hamkorlikni kengaytirish istiqbollari muhokama qilindi. Xitoy tomoni Oʻzbekistonda soʻnggi yillarda amalga oshirilgan islohotlarni yuqori baholadi va ijtimoiy ahamiyatga molik loyihalarni hayotga tatbiq etishda oʻzaro hamkorlikni yanada faollashtirishga tayyorligini bildirdi.

Yigʻilish yakunida ustuvor yoʻnalishlarda grant loyihalarini amalga oshirish boʻyicha Memorandumni imzolash marosimi boʻlib oʻtdi. Hujjatda qishloq va suv xoʻjaligi, sogʻliqni saqlash, taʼlim va institutsional rivojlanish kabi sohalarda umumiy qiymati 190 million dollardan ortiq boʻlgan 14 ta loyihani amalga oshirish nazarda tutilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер