Xitoy navbatdagi sunʼiy yoʻldoshni orbitaga muvaffaqiyatli olib chiqdi

10:48 13 May 2025 Dunyo
175 0

Foto: CGWIC

Xitoy yangi “Shiyan-19” tajriba sunʼiy yoʻldoshini orbitaga muvaffaqiyatli olib chiqdi. Xitoy Aerokosmik fan va texnologiya korporatsiyasi xabariga koʻra, undan sunʼiy yoʻldosh aloqasi texnologiyasi boʻyicha tajribalar oʻtkazishda foydalaniladi.

Uchirish seshanba kuni mahalliy vaqt bilan soat 2:09 da mamlakat janubi-gʻarbidagi Sichuan provinsiyasida joylashgan Sichan kosmodromidan “Chanchjen-3S” raketasi yordamida amalga oshirildi.

Korporatsiyaning taʼkidlashicha, sunʼiy yoʻldosh birinchi navbatda koʻp diapazonli yuqori tezlikdagi sunʼiy yoʻldosh aloqa texnologiyalarini sinovdan oʻtkazish uchun ishlatiladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер