Xitoy kompaniyasi Qashqadaryoda bir qator loyihalarni amalga oshiradi

17:31 04 Oktyabr 2023 Siyosat
695 0

Foto: “Xalq soʻzi”

Chin mamlakatining “Noah ark” kompaniyasi Qashqadaryo viloyatining Qarshi tumanida paxtani qayta ishlash, sunʼiy tola, qurilish materiallarini ishlab chiqarish hamda quyosh fotoelektrstansiyasini barpo etish, Kitob tumanida esa Xitoy fasoli yetishtirish va uni qayta ishlash bilan bogʻliq loyihalarga qiziqish bildirmoqda.

Shu maqsadda ushbu tumanlarga tashrif buyurgan kompaniya vakillari bu yerdagi shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdi. Har ikki tuman hokimlari bilan uchrashuv oʻtkazib, loyihalarni amalga oshirish imkoniyatlari haqida fikr almashdi. Hamkorlikning tomonlar uchun manfaatli jihatlari koʻrib chiqildi.

Muloqotlar soʻngida tez orada ushbu loyihalarni roʻyobga chiqarish boʻyicha amaliy ishlar boshlanishi taʼkidlandi.

Maʼlumot oʻrnida aytib oʻtish joiz, Xitoyning “Noah ark” kompaniyasi gidro inshootlar, koʻpriklar, avtomobil va temir yoʻllarini qurish, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirish va qayta ishlash, bugʻdoy eksporti va importi, shuningdek, ogʻir yuk mashinalari, tez tibbiy yordam mashinalari, yoʻlovchi vagonlari, qishloq xoʻjaligi texnikalari hamda qayta ishlash texnologiyalarini yetkazib berish kabi koʻplab sohalarda samarali faoliyat yuritib kelmoqda.

Jahongir BOYMURODOV, “Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер