Xitoy kompaniyasi Oʻzbekistonda taʼlim va kasbga tayyorlash oʻquv markazini ochadi
Xitoy kompaniyasi Oʻzbekistonda taʼlim va kasbga tayyorlovchi oʻquv markazini ochadi. Bu haqda “Dunyo” axborot agentligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, Oʻzbekiston Bosh konsulxonasi koʻmagida Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Migratsiya agentligi hamda Xitoyning “JC Finance Interconnect Holdings” kompaniyasi raisi U Tinyi oʻrtasida onlayn uchrashuv tashkil etilgan.

Unda Oʻzbekistonda “yashil” energetika, qishloq xoʻjaligi, AKT, turizm kabi soha mutaxassislari uchun ilgʻor xalqaro standartlar asosida qayta tayyorlash va malakani oshirish dasturlarini ishlab chiqish masalalari muhokama qilingan.
Shuningdek, Oʻzbekiston talabalari uchun Xitoyning yetakchi oliy oʻquv yurtlarida grantlar ajratish va nomzodlarni tanlash xususida fikr almashilgan. Suhbat yakunida “JC Finance Interconnect Holdings” kompaniyasi vakillarining Oʻzbekistonga safarini tashkil etish kelishib olingan.
“Safar davomida Oʻzbekiston fuqarolarini taʼlim va kasbiy faoliyatga tayyorlash boʻyicha xizmatlar koʻrsatish markazini ochish yuzasidan tegishli vazirlik va idoralarda uchrashuvlar oʻtkazilishi rejalashtirilgan”, deyiladi xabarda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring