Xitoy kompaniyalari bilan hamkorlik kengaymoqda

15:45 02 Iyul 2024 Jamiyat
322 0

Qudratilla Najmiddinov/“Xalq soʻzi”. Shu kunlarda Namangan viloyati hokimi boshchiligidagi delegatsiya Xitoy Xalq Respublikasida boʻlib turibdi. Mahalliy korxonalar rahbarlari, tadbirkorlardan iborat guruh Xitoyning yirik kompaniyalar faoliyati bilan tanishmoqda.

Shandong provinsiyasi Tianjin shahrida Tianjin Xinyu House Intellegent Manufacturing Co., Ltd rahbarlari bilan muloqot ham samarali kechdi.

Kompaniyaga 1974-yilda asos solingan boʻlib, 2018-yilda yuqori texnologiya va innovatsiyalarga asoslangan yirik subyektga aylandi. Bu yerda internet tizimi orqali loyihalash, qurilish, koʻchmas mulkni xarid qilish va sotish kabi xizmatlar yagona platformasi yaratilgan. Platformaga 5500 dan ortiq quruvchi, 1200 dan ziyod arxitektura xizmatlarini koʻrsatuvchi kompaniyalar qamrab olingan.

Uchrashuv davomida aholiga qulaylik yaratish uchun uy-joy va koʻchmas mulk sohasida xizmatlarni raqamlashtirish, elektron dasturlarni soddalashtirish borasida hamkorlikni yoʻlga qoʻyish boʻyicha fikr-mulohazalar bildirildi. Bu borada bir qator kelishuvlarga erishildi.

Maʼlumot uchun, Namangan delegatsiyasi safarining dastlabki kunlarida Xitoy kompaniyalari bilan 200 million AQSH dollaridan koʻproq hajmda ikki tomonlama manfaatli shartnoma va kelishuvlar imzolandi. Muzokaralar davom etmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер