Xitoy investorlari bilan muzokaralar oʻtkazildi
Xitoy Xalq Respublikasi Jiansu provinsiyasi gubernatori boshchiligidagi delegatsiyaning Qashqadaryo viloyatiga tashrifi davomida “Oʻzbekiston-Xitoy” biznes-forumi oʻtkazildi.
Unda ikki davlatning 50 dan ortiq yirik sanoat korxona rahbarlari, ishbilarmon doira vakillari oʻrtasida hamkorlik muzokaralari, kelishuv shartnomalari imzolandi.
Forumda “Oʻzbekneftgaz” AJ va uning tarkibidagi korxonalar ishlab chiqarilayotgan sanoat mahsulotlari hamda import namunalari bilan faol ishtirok etdi.
Xususan, “Uzbekistan GTL” MCHJ yangi turdagi sintetik yoqilgʻilari, “Uz-Kor Gas Chemical” MCHJ QK va “Shoʻrtan gaz kimyo majmuasi” MCHJ yuqori sifatli polimer mahsulotlari, mahalliylashtirilgan polimer quvurlari, tomchilatib sugʻorish tizimi ehtiyot qismlari, kompozit panellari, xalq isteʻmoli mollari namoyish etildi.
“Buxoro neftni qayta ishlash zavodi” MCHJning keng spektrdagi yoqilgʻi mahsulotlari, neft va gaz qazib chiqarish boshqarmalarining importdan xarid qilinadigan mahsulotlari namunalari koʻrgazma qilindi.
Biznes-forum doirasida “Oʻzbekneftgaz” AJ mutaxassislari Xitoydan kelgan “Xuzhou Mineral Group”, “Yadi Technology Group”, “Jiangsu Weinong Chemical Co.”, “Jiangsu Tiangong New Energy Technology” va boshqa ixtisoslashgan ishbilarmon vakillar bilan amalga oshirilayotgan investitsiya loyihalari hamda rejalashtirilayotgan ustuvor vazifalar, kooperatsiya hamkorlik aloqalarini oʻrnatish mavzularida muzokaralar oʻtkazildi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring